“Flamengo”da yana 38 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 3 nafari asosiy tarkib futbolchisi

8 may 2020, 07:25
“Flamengo”ning barcha a'zolari koronavirusga test topshirdi.

“Flamengo” klubi futbolchilari hamda xodimlari koronavirusga test topshirdi. Klubning 38 nafar vakilida koronavirus infekciyasi aniqlangan. Jami 293 kishidan namunalar olingan. Ma'lum bo'lishicha, kasallanganlardan 3 nafari asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi. Kasallik hech qanday alomatlarsiz o'tayotgani takidlangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq klub bosh murabbiyi Jorje Jezushda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Фламенго” расмий сайти