Anchelottining rad javobidan so'ng Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzod o'zgardi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2025, 12:57
Jorje Jezush Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzodga aylandi.

70 yoshli portugaliyalik mutaxassisning "Al Hilol" bilan shartnomasi 2025 yil iyun oyida tugaydi.  

Karlo Anchelotti bilan kelishuv amalga oshmagach, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) e'tiborini Jezushga qaratdi.  

Globo ma'lumotlariga ko'ra, "Real Madrid" Anchelottiga shartnomasining qolgan bir yili uchun kompensaciya to'lashi kutilgan edi. Biroq Anchelotti CBF bilan og'zaki kelishuvga erishganini bilgan "Madrid" prezidenti Florentino Peres kompensaciya to'lashdan bosh tortdi. Natijada, CBF Anchelotti bilan muzokaralarni to'xtatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo