FK "O'rikzor": Futbolchilarimiz oliy va birinchi ligada

Tolibjon Qosimov
9 apr 2016, 12:00
Ikkinchi liga vakili hisoblangan Toshkentning "O'rikzor" jamoasi ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Shu maqsadda o'tkazilinayotgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan keyin jamoaning 3 nafar a'zosi oliy va birinchi liga klublariga transfer qilindi. Jumladan, 1997 yilda tavallud topgan yarim himoyachi Abdulloh Mahkamov oliy liga debyutanti hisoblangan Toshkentning "Obod" jamoasiga o'tgan bo'lsa, 1998 yilda tug'ilgan hujumchi Abdurashid Valixonov hamda 1996 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Shukur Mo'minovlar birinchi liga  ishtirokchisi bo'lgan Toshkentning "Lokomotiv-BFK" klubi a'zosiga aylanishdi. Ta'kidlab o'tish joiz, Abdurashid Valixonov kecha "Lokomotiv-BFK" uchun debyut o'yinida gol urdi. Aynan uning yagona goli "Oq-tepa"ning mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi.

Abdulloh Mahkamov

Abdurashid Valixonov

Shukur Mo'minov zarba bermoqda

FK "O'rikzor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia