Finlyandiya – Ispaniya. Isko jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 11:40
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko bugun JCH-2014 saralashi doirasidagi bo'lib o'tadigan Finlyandiyaga qarshi o'ynay olmaydi.
21 yoshli futbolchi Xelsinkiga uchishdan oldingi mashg'ulotlar jarayonida oyog'ida og'riq sezgan va sheriklaridan oldinroq mashg'ulotni tugatishga majbur bo'lgan.

Isko Finlyandiyaga qarshi o'ynay olmasligi aniq, 10 sentyabr kungi Chiliga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi esa so'roq ostida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru