FINALgacha... Chiptalar narxi 7000 Evroga chiqdi!

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2019, 22:45
"Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasida bo'ladigan Chempionlar ligasi final bahsigacha uchrashuv atrofida sodir bo'layotgan voqealarni shu sahifada kuzatib boring.

YANGILASH

O'FAning maftunkor xodimasi Yuliya Panina YCHL finalini stadiondan kuzatadi, u "Barselona"ga muxlisalik qiladi :)

22:50. "Championat.asia"ning Yevropadagi muxbiri Miron Goyxman ayni paytda Madridda bo'lib, uchrashuvni bevosita yoritish uchun "Vanda Metropolitano" stadioniga yetib keldi. 

"O'yinga bo'lgan qiziqish juda kuchli. Birgina Angliyaning o'zidan 10 000 nafarga yaqin muxlis kelgan. Men o'zimni Madridda emas, Angliya ko'chalarida yurgandek his qilayapman. Angliyaliklar o'z odatlaridan kelib chiqqan holda qo'shiq kuylash bilan ovoralar. Qo'ldagi chiptalar narxi 7000 Evroga chiqib ketgan. Qisqasi, bizni qiziqarli final kutayapti", - deydi muxbirimiz.

21:30. Sizningcha, bugun qanday hisob qayd etiladi?


19:45. "O'zimning faoliyatim haqida gapiradigan bo'lsai, omadsiz emasman. 2017-yilni hisobga olmasa, mening jamoalarim 2012 yildan buyon muntazam finallarda ishtirok etmoqda. Yarim finallarda g'alaba qozonish bo'yicha rekord o'rnatgan bo'lsam kerak" - deydi Klopp.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ishtirokidagi matbuot anjumani 


19:35. Roberto Karlos sovrinni "Vanda Metropolitano" stadioniga olib ketmoqda


19:30. Pochettino: "Bugungi o'yindagi eng muhim narsa bu - erkinlik. Siz ko'rgansiz, 7,8 va 9 yoshdagi bolalar singari erkin bo'lib o'ynash juda ahamiyatli. Ushbu bahsda sizni milliard odamlar ko'rayotganini o'ylamaslik kerak". 

 "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ishtirokidagi matbuot anjumani 


19:15. Final Reyes xotirasiga bag'ishlab bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi


19:05. football.london nashri jurnalisti "Tottenxem"ning boshlang'ich tarkibini quyidagicha taxmin qilmoqda


19:00. O'tgan yilgi finaldagi omadsizlikdan so'ng, van Deyk va Veynaldum bugungi kecha muvaffaqiyatli o'tishidan umidvor. Agar shunday bo'lsa, ular 2013 yildan beri YCHL sohibi bo'lgan birinchi gollandiyalik bo'lishadi. 6 yil avval mazkur sovrinni Aren Robben "Bavariya" klubi bilan qo'lga kiritgan.


18:45. "The Estadio Metropolitano" stadioni Finalga tayyor va jamoalarni kutmoqda

 

18:15. Chempionlar ligasi finali uchun chiqarilgan chipta


17:45. Hech qachon taslim bo'lmaydiganlarning biri. "2ta chipta sotib olamiz"


17:40. Liverpul shahridan Madridga yo'l olgan yigitlar haqida eshitdingizmi? Ular atigi 40 funtlik mashinada yo'lga chiqishgan

FOTO  40 funtlik mashina sotib olgan "Liverpul" muxlisi finalni ko'rish uchun Madrid tomon yo'lga chiqdi


17:35. AQSHning havo-dengiz kuchlari vakili ham "Liverpul" muxlisi ekan. Bu surat yerdan bir necha ming metr balandlikda olingan.


17:30. Yevropa chempionlar ligasi FINALlari haqida barcha raqamlar - statistika

Ma'lumotlarga ko'ra, YCHL finallarida eng ko'p Paolo Maldini va Krishtianu Ronaldu o'ynagan ekan.


17:25. FOTO  Ronaldo, Karlos va boshqa futbol yulduzlari YCHL finaliga o'z taxminlarini bildirishdi


17:20. Italiya, Ispaniya, Germaniya va Fransiyadan keyingi o'rindagi Angliya - Siz hech qayerda ko'rmagan statistika

Osiyolik futbolchilardan dastlab Garri Kyuell, keyinchalik Pak Ji Sun YCHLda g'olib chiqishgan. Bugun bu ishni takrorlash imkoniyati boshqa bir koreyalik futbolchi, Sonda mavjud. Agarda "Tottenxem" g'olibga aylansa, unda Son Xi Myon YCHLni yutgan osiyolik uchinchi futbolchiga aylanadi.


17:15. Muxlislar stadionga kela boshlashdi


15:55. Chempionlar ligasida zafar quchgan murabbiylar


15:50. "Tottenxem" va "Liverpul"ning joriy mavsumdagi natijalari


14:30. Chorak final, yarim final va final ishtirokchilari


13:50. "Vanda Metropolitano"


13:44. "Vanda Metropolitano" stadioni oldida Madrid shahrining ramzi - "Ayiq va yovvoyi qulupnay daraxti" haykali mavjud. Suratdagi kishini tanidingizmi? Bu "Match TV" sharhlovchisi Denis Kazanskiy.


13:40. FOTO  "Liverpul"ning "Vanda Metropolitano" stadionidagi mashg'uloti


13:10. Finaldan oldin Imagine Dragons guruhi o'zining xit qo'shiqlari bilan stadionga tashrif buyurgan muxlislarning kayfiyatini ko'tarishga harakat qiladi. Suratda xonandalar va raqqoslar guruhi


12:57. Stadionda jurnalist va sharhlovchilar uchun ajratilgan joylar.


12:50. Ma'lumot uchun: 2017 yilda qurib bitkazilgan "Vanda Metropolitano"ga 240 mln. evro sarflangan.

Sig'imi: 67,829. Arenaga egalik qiluvchi tashkilot: "Atletiko".


12:30. Chempionlar ligasi 2018/19 mavsumining final bahsi Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Stadion mavsumning asosiy uchrashuviga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia