Ronaldo, Karlos va boshqa futbol yulduzlari YCHL finaliga o'z taxminlarini bildirishdi
Eldor Akmurzayev
31 may 2019, 22:20
Xabaringiz bor, 1 iyun kuni Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi Vanda Metropolitano o'yingohida YCHLning 2018/19 yilgi mavsumining hal qiluvchi o'yin o'tkaziladi.
Unda APLning ikki klubi, yani, Liverpul hamda Tottenxem o'zaro to'qnash keladi. Mazkur bahs oldidan bir qator futbol yulduzlari, jumladan, Ronaldo (fenomen), Roberto Karlos, Diego Milito, Kafu, Alessandro Del Pero o'z taxminlarini bildirishgan.