Italiya, Ispaniya, Germaniya va Fransiyadan keyingi o'rindagi Angliya - Siz hech qayerda ko'rmagan statistika

1 iyun 2019, 17:16
Bugungi finalda Vanyama, Keyta, Mane yoki Salax o'z mamlakatlariga ilk Yevropa chempionlar ligasi sovrinini olib kelishi mumkin.

"Tottenxem" - "Liverpul" ishtirokidagi finalda to'rtta mamlakat futbolchilari ilk marotaba Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqish imkoniyatlariga ega. 

Masalan "Liverpul" futbolchisi Nabi Keyta va "Tottenxem" a'zosi Viktor Vanyama  YCHL finalida o'ynaydigan Gvineya va keniyalik ilk futbolchiga aylanishadi.


Sadio Mane va Muhammad Saloh esa Senegal va Misr uchun dastlabki YCHL sovrinini qo'lga kiritgan futbolchiga aylanishlari mumkin. O'tgan yili bu ishni amalga oshirolmagan bu ikki mamlakat futbolchilari bugun buni bajarishga qayta urinib ko'rishadi. 

Mazkur musobaqa tashkil etilganidan (1956) buyon bugunga qadar finalda 63 assotsiatsiyadan jami 1049 nafar futbolchi ishtirok etgan. Ko'plab futbolchilar esa buni bir martadan ko'proq uddalashgan. 

Finalda ishtirok etgan futbolchilar soni bo'yicha ro'yxatda Italiya ustunlik qilmoqda. Qizig'i, bugungi Madridda o'tadigan finalda esa birorta italiyalik futbolchi bo'lmaydi. Bu esa bugun Madriddagi finalda bu ko'rsatkich bo'yicha aynan Ispaniya Italiyaga tenglashib olish imkoniyatini beradi. Buning uchun "Liverpul" himoyachisi, ispaniyalik Moreno maydonga tushishi talab etiladi. "Tottenxem" hujumchisi, ispaniyalik Fernando Lorente esa hisobga o'tmaydi. Chunki Lorente ancha avval "Yuventus" safida finalda o'ynashga ulgurgan va ro'yxatda o'z nomini yozdirib qo'ygan.

Qiziq faktlardan biri shundaki, gretsiyalik 12 futbolchi finalda o'ynashga ulgurgan va birortasi ushbu musobaqada hali g'alaba qozonmagan. Shuningdek, turkiyalik futbolchilarga ham ushbu sovrinni boshlari uzra baland ko'tarish nasib etmagan.


- Osiyolik futbolchilardan dastlab Garri Kyuell, keyinchalik Pak Ji Sun YCHLda g'olib chiqishgan. Bugun bu ishni takrorlash imkoniyati boshqa bir koreyalik futbolchi, Sonda mavjud. Agarda "Tottenxem" g'olibga aylansa, unda Son Xi Myon YCHLni yutgan osiyolik uchinchi futbolchiga aylanadi.


- Rossiyalik futbolchilar orasidan faqatgina Dmitriy Alenichev YCHLda g'olib chiqqan.


YCHL finalida o'ynagan qaysi mamlakatlarning vakillari ko'proq?

147: Italiya

146: Ispaniya

130: Germaniya

78: Fransiya

75: Angliya

62: Gollandiya

62: Portugaliya

51: Braziliya

38: Shotlandiya

30: Argentina

26: Serbiya

24: Shvetsiya

22: Ruminiya

15: Belgiya

13: Daniya

13: Xorvatiya

12: Gretsiya*

11: Irlandiya

6: Polsha

5: Gana

5: Kot-d'Ivuar

5: Urugvay

5: Uels

4: Vengriya

4: Norvegiya

4: Chexiya

3: Avstriya

3: Nigeriya

3: Shimoliy Makedoniya

3: Sloveniya*

3: Turkiya*

2: Bolgariya

2: Bosniya va Gertsegovina

2: Mali

2: Meksika

2: Shimoliy Irlandiya

2: Ukraina

2: Finlyandiya

2: Shveytsariya

2: JAR

2: Kolumbiya

1: Avstraliya (Garri Kyuell, g'olib, "Liverpul", 2005)

1: Jazoir (Rabax Madjer, g'olib, "Portu" 1987)

1: Angola* (Vata, finalchi, "Benfika" 1990) 

1: Belarus* (Aleksandr Gleb, finalchi, "Arsenal", 2006)

1: Gabon* (Mario Lemina, finalchi, "Yuventus", 2017)

1: Gruziya (Kaxa Kaladze, g'olib, "Milan", 2003 va 2007)

1: DR Kongo* (Shabani Nonda, finalchi, "Monako", 2004)

1: Misr* (Moxamed Salax, finalchi, "Liverpul", 2018)

1: Zimbabve (Bryus Grobbelar, g'olib, "Liverpul", 1984)

1: Kamerun (Samyuel Eto'o, g'olib, "Barselona", 2006, 2009, "Inter" 2010)

1: Kosta-Rika (Keylor Navas, g'olib, "Real", 2016, 2017 va 2018)

1: Marokko* (Reduan Xadjri, finalchi, "Benfika", 1988)

1: Paragvay* (Domingo Banegas, finalchi, "Atletiko", 1974)

1: Peru (Viktor Benites, g'olib, "Milan", 1963)

1: Rossiya (Dmitriy Alenichev, g'olib, "Portu", 2004)

1: San-Marino (Massimo Bonini, g'olib, "Yuventus", 1985)

1: Senegal* (Sado Mane, finalchi, "Liverpul", 2018)

1: Trinidad va Tobago (Duayt York, g'olib, "Manchester Yunayted", 1999)

1: Chernogoriya* (Stefan Savich, finalchi, "Atletiko", 2016)

1: Chili* (Arturo Vidal, finalchi, "Yuventus", 2015)

1: Ekvador* (Antonio Valensiya, finalchi, "Manchester Yunayted", 2011)

1: Janubiya Koreya (Pak Ji Sun, g'olib, "Manchester Yunayted", 2008)

* belgilangan mamlakat futbolchilari finalda ishtirok etgan va g'olibga aylanmagan

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia