40 funtlik mashina sotib olgan "Liverpul" muxlisi finalni ko'rish uchun Madrid tomon yo'lga chiqdi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2019, 17:06
Bugun, 1 iyun kuni Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida "Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasida Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Qizillar" muxlisi Saymon Uilson ushbu finalni ko'rish uchun Madridga borishga qaror qildi. Ushbu ishqiboz 800 funt evaziga aviachipta sotib olish o'rniga, 40 funt evaziga eski Skoda Favorit mashinasini xarid qildi va do'stlari bilan Ispaniya poytaxtiga otlandi.




Saymon Yutubga joylagan so'nggi videosida ular Fransiyada edi, Ispaniya esa fransiyaliklarning qo'shnisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail