Fillips "Lids"ga sodiqligi sabab "Manchester Yunayted"ga o'tishni rad etganini aytdi

Alisher
21 iyul 2022, 10:38
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips "Lids"ga bo'lgan sodiqligi sabab "Manchester Yunayted"ni rad etganini aytdi.

Futbolchi iyul oyida "shaharliklar" bilan olti yillik shartnoma imzoladi.

"Yo'q, menda hech qachon u yerda bo'lish imkoniyati bo'lmagan. Bilasizki, men "Lids"ga sodiqman, oilamdagi barcha "Lids"ga muxlislik qiladi. Meni "Yunayted" xohlayotgani katta g'urur, dunyodagi eng buyuk va katta jamoalardan biri. Ammo, yo'q, "Lids"ga sodiq qoldim va "Manchester Siti"ni tanladim", - Fillips.

26 yoshli himoyachi "Manchester Siti"ga "Lids"dan o'tdi. U jamoa tarkibidagi sakkiz mavsum davomida 234ta o'yinda 14ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: metro.co.uk