Filippo Inzagi B Seriya klubini boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2022
"Redjina" Filippo Inzagining bosh murabbiy bo'lganini rasman e'lon qildi.

48 yoshli italiyalik mutaxassis B Seriya klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 

O'tgan mavsumda "Redjina" B Seriyada 14-o'rinni egallagandi. 

Inzagining so'nggi ish joyi ham ushbu ligadagi "Breshiya" jamoasi bo'lgandi. 

Murabbiy faoliyati davomida "Milan", "Benevento", "Bolonya" va "Veneciya" jamoalarini boshqargan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: reggina1914.it