

U B seriyaning birato'la uch klubidan taklif oldi: "Askoli", "Kalyari" va "Piza".
Bungacha Filippo Indzagi “Milan”, “Veneciya”, “Bolonya”, “Benevento” va “Breshiya” klublarini boshqargan.
Eslatib o'tamiz, qishda Inzagi avvaliga "Braessiya" xo'jayini Massimo Chellino tomonidan ishdan bo'shatildi, keyinchalik shartnomaga ko'ra uning bunday qilishga haqqi yo'qligi ma'lum bo'ldi va murabbiy jamoaga qaytarildi. Keyingi iste'fo esa rasmiy ravishda amalga oshirildi.
Afsonaviy Inzagi Italiya terma jamoasi bilan birgalikda 2000 yilgi Yevropa chempionatining kumush medalini qo'lga kiritgan hamda 2006 yilgi jahon chempionati g'olibiga aylangandi.



