Fil Jons JCH-2014ni jarohat tufayli o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 may 2014, 15:32
Manchester Yunayted himoyachisi Fil Jons jarohat tufayli JCH-2014ni o'tkazib yuborishi mumkin.
22 yoshli futbolchi kechagi Xallga qarshi o'yinda (3:1) elkasini shikastlab oldi va natijada shifoxonaga olib ketildi.

Yaqin orada uning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi ma'lum bo'ladi. Agar Jonsning elkasi singan bo'lsa, futbolchi katta ehtimol bilan mundialda ishtirok eta olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru