FIFA: "Samvel Babayan shogirdlari noxush ananaga barham berishga urinib ko'radi"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2016, 14:55
Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin FIFA rasmiy sayti ushbu bahs prevyusini e'lon qildi.

"A" guruhidagi ikkinchi o'rin egasi O'zbekiston Seulda o'zining azaliy raqibi Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Mezbonlar JCH saralashlarida O'zbekistonga qarshi o'tkazgan 6 ta uchrashuvning hech birida mag'lubiyatga uchramagan (4 ta g'alaba, 2 ta durang). Taeguk jangchilari (Janubiy Koreya) so'nggi marotaba Braziliyada bo'lib o'tgan JCH-2014 saralash bosqichining muhim bahsida o'zbeklarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Hozir hammasi boshqacha. Raqibidan 2 ochko ko'p jamg'argan Samvel Babayan shogirdlari noxush ananaga barham berishga urinib ko'radi. Ular Janubiy Koreya chempionatida to'p tepgan Server Jeparov tajribasiga ishonishadi" - deyiladi FIFA saytida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia