FIFA reytingi. Keyingi oyda BAA terma jamoasi O'zbekistondan tepada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2013, 09:27
FIFA keyingi oy uchun Milliy terma jamoalar reytingini tuzganda OK-2015 dagi raqibimiz BAA kamida O'zbekiston Milliy terma jamoasidan tepada turadi.
FIFA reytingiz hisob nazoratining ko'rsatishicha keyingi oygacha terma jamoamiz hech qanday o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydi va bu oydagidan ko'ra 20 ochko ko'proq jamg'aradi. Bu bilan terma jamoamiz hisobidagi ochkolar 546 ga etadi. Shunga qaramay oxirgi turlarni muvaffaqiyatli o'tkazgan BAA milliy terma jamoasi hech qanday o'rtoqlik uchrashuvisiz ham o'z ochkolarini 548 taga etkazib oladi. Bir yo'la 41 ochkoga ega bo'lgan BAA kamida O'zbekiston milliy terma jamoasidan tepada bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyi reytingida 68-o'rinda edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia