Fernando Torres "Atletiko"ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021, 00:45
"Matraschilar" sobiq forvardi yoshlar jamoasini qabul qilib oldi.

Ispaniyalik sobiq futbolchi Fernando Torres Madridning "Atletiko" klubi yoshlar jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi. Torres bilan tuzilgan shartnoma 2021/22 yilgi mavsumgacha amal qiladi.

"Torres bizning klubni juda yaxshi biladi. U "Atletiko" akademiyasiga 1995 yilda 11 yoshida qabul qilingan va 2001 yilda asosiy tarkibda debyut qilgan. U Liverpul, London, Milan shaharlarining jamoalarida to'p surgan, ammo faoliyati yakunida "Atletiko"ga qaytdi, hozir u yana biz bilan. O'z uyingga xush kelibsan, Fernando!" - deya takidlangan klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС