Fergyuson Chempionlar Ligasidagi kelishilgan o'yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda

Alisher
18 okt 2019, 16:52
Taniqli mutaxassis Ser Aleks Fergyuson korrupsiyada ayblanmoqda.

Agent Juzeppe Palyara "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga CHL doirasidagi o'yinda yutqazishi uchun pora berganligini aytdi.

Futboldagi korrupsiyada nom qozongan Palyara intervyuda "Yuventus" bilan o'yinda yutqazish evaziga u bilan til biriktirganlikda aybladi.

Palyara buning uchun shotlandiyalik mutaxassisga 30 ming evro turadigan Rolex soatini sovg'a qilgan.

Agent shuningdek Fergyuson transferlar uchun pul olganligini aytdi.

77 yoshli mutaxassis MYUda 1986-2013 yillar davomida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph