Ferdinand APLda kimni eng yaxshi markaziy himoyachi deb biladi?

Sherzod Nurmatov
21 sen 2021
Mashhur sobiq futbolchi Rio Ferdinand bugungi kunda APLdagi eng yaxshi markaziy himoyachi kimligini aytdi.

"Tuxel "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lgach Ryudiger Premer-ligadagi eng yaxshi markaziy himoyachiga aylandi. O'yo'lashimcha, daraja bo'yicha Ruben Diash unga yaqin keladi. Ammo "Chelsi" o'yinida Ryudigerning ta’siri katta", – dedi Ferdinand.

28 yoshli Ryudiger "Chelsi"da 2017 yildan buyon o'ynamoqda. U shu paytgacha 156 o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail