"Fenerbaxche" rahbariyati Advokat bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Aslanov Jasurbek
8 fev 2017, 16:41
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Dik Advokat turk jamoasida uzoqroq ushlanib qolishi mumkin.
"Fenerbaxche" boshqaruv qo'mitasi raisi Aziz Yildirimning ma'lum qilishicha, rahbariyat Advokatga transfer oynasi uchun yaxshi byudjet ajratishga tayyor. Dik Advokat mavsum oxirida yakuniy qarorini e'lon qiladi.