"Fenerbaxche" Grinvudni "Marsel"dan 40 mln evro va bonuslarga sotib oladi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 23:08
Meyson Grinvud katta ehtimol bilan "Fenerbaxche"ga o'tadi.

RMC Sport xabariga ko'ra, Turkiya klubi "Marsel" bilan 24 yoshli vingerning transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer 40 million evro va bonuslarga baholanmoqda. Kelishuv summasining 40 foizini Grinvudning sobiq klubi "Manchester Yunayted" oladi.

Futbolchi "Fenerbaxche" bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi va mavsumiga taxminan 10 million evro ishlab topadi.

Takidlanishicha, Grinvudga "Atletiko" ham taklif bilan chiqqan, ammo ingliz futbolchisi Turkiya jamoasini tanlagan.

O'tgan Liga 1 mavsumida Meyson 32 ta o'yinda 16 ta gol urib, "Marsel"ning eng yaxshi to'purariga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport