Fellayni: "Fransiya terma jamoasi o'zining bir imkoniyatidan foydalanib qoldi"

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2018, 10:10
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni JCH-2018 1/2 finalida Fransiyadan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu taktik jang edi. Shunga o'xshash o'yinlarda standartlar juda xavfli bo'ladi. Sen gol urish uchun ko'p imkoniyatga ega bo'lmaysan. Fransiya o'zining birgini vaziyatidan foydalandi. Ular standartlarda o'ta xavfli.

To'pga egalik qilish bo'yicha raqibdan ustun edik, uni saqladik, vaziyat yaratdik. Ammo mag'lubiyatga uchradik. Bu alamli, ammo futbol shunday. Belgiya terma jamoasining yoshlari kuchli. Shu ruxda davom etishimiz kerak" - deydi Fellayni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com