Fellayni Belgiya jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025
Belgiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Maruan Fellayni "Sharlerua" murabbiylar shtabi a'zosiga aylandi.

"Uning vazifasi murabbiylar shtabiga yordam berish va futbolchilar rivojiga hissa qo'shishdan iborat bo'ladi. Xususan, jamoa yarim himoyachilari uning boy o'yinchilik faoliyati davomida to'plangan shaxsiy tajribasiga asoslangan taktik maslahatlaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Maruan har kuni jamoada talabchanlik, qatiyat va natijaga yo'naltirilgan mentalitetni shakllantirish ustida ish olib boradi", – deyiladi klub bayonotida.

Futbolchi sifatida Fellayni "Standard", "Everton", "Manchester Yunayted" va "Shandun" jamoalarida to'p tepgan. "Qizil iblislar" safida u Angliya Kubogi va Superkubogi, Angliya Liga Kubogi, shuningdek, Yevropa Ligasi g'olibi bo'lgan.

"Sharlerua" 18 turdan so'ng 20 ochko bilan Belgiya chempionati jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Walfoot.be