Mourinyu "Tottenxem"ga Fellaynini taklif qilmoqchi

Alisher
11 apr 2021, 16:25
Maruan Fellayni Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu uni o'z jamoasida ko'rmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis Fellayni bilan MYUda birga ishlagan, u o'yinchini yuqori baholaydi.

Maruan Fellayni Xitoyning "Shandun Tayshan" klubida o'ynamoqda. Belgiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2021 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt 33 yoshli futbolchini 5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Voetbal24