Farhod Magametov birinchi liga murabbiy va hakamlariga tanbeh berdi

Narzulla Saydullayev
4 may 2016, 16:05
PFL bosh direktori Farhod Magametov 2016 yilgi O'zbekiston birinchi ligasining borishiga bag'ishlangan yig'ilishda ishtirok etdi.

Unda birinchi liga murabbiylari, hakamlar va nazoratchilar qatnashishdi.

PFL bosh murabbiyi bir qator hakam va nazoratchilarning ishiga salbiy baho berdi. Ularga o'z saviyalarini yaxshilash borasida ish olib borish kerakligi tayinlandi.

Birinchi liga klublari murabbiylariga o'z shogirdlarining mahoratini oshirishda yanada professional bo'lishlari kerakligi aytib o'tildi. Futbolchilarning tartib intizomini yaxshilash borasida ish olib borish lozimligi tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz