Farhod Magametov 2014 yilgi O'zbekiston chempionati birinchi yarmi hisobotini berdi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2014, 13:52
O'zbekiston Futbol Federatsiyasida Oliy Liga klublari vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magametov 2014 yilgi O'zbekiston chempionati birinchi yarmi hisobotini berdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov esa 2015 yilning yanvarida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqida hisobot berdi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov o'z nutqida mamlakatimizda futbolni rivojlantirish bo'yicha umumiy masalalarni qayd etib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz