"Fanat Superliga". "Paxtakor" – AGMK 3:1

Narzulla Saydullayev
6 apr 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Paxtakor" – AGMK

"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: 1996 yilgi Osiyo kubogi to'purari kim bo'lgan? Javob: Ali Dayi (SHERA MU  "Paxtakor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2000 yilgi Osiyo Kubogi finali qaysi shaharda bo'lib o'tgan? Javob: Bayrut (SHERA MU  "Paxtakor" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2004 yilgi Osiyo Kubogi finalida ishlagan bosh hakam qaysi davlatdan edi? Javob: Kuvayt (Otabek S  AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 2007 yilgi Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchi kim? Javob: Maksim Shackix (Admin_Osiyo  "Paxtakor" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Paxtakor" – AGMK 3:1


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia