"Fanat Superliga". AGMK – "Lokomotiv" 3:1

Narzulla Saydullayev
9 apr 2020, 17:29
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  AGMK – "Lokomotiv"

"O'yin" soat 17:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-Savol: 2008 yil Oliy ligada "Lokomotiv" to'purari kim bo'lgan? Javob: Olim Novkarov  (Jamshid Jalilov "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-Savol: 2016 yil Bahodir Nasimov qaysi klubda o'ynagan? Javob: Bunyodkor  (Zulfiya Rasuleva  AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

3-Savol: 2009 yil Oliy ligada "Olmaliq" to'purari kim bo'lgan? Javob: Mo'ydin Mamazulumov (Nurislom Abduholiqov AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

4-Savol: 2008 yil Shahboz Erkinov qaysi klubda o'ynagan? Javob: "So'g'diyona" (Umrbee Shermetovich  AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. AGMK – "Lokomotiv" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia