"Fanat Superliga". "Qizilqum" – "Buxoro" 0:3

Narzulla Saydullayev
9 apr 2020, 18:29
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Qizilqum" – "Buxoro"

"O'yin" soat 18:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-Savol: 2002 yil Oliy ligada "Qizilqum" to'purari kim bo'lgan? Javob: Marsel Idiatullin (alibobo "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-Savol: 2008 yil Gochguli Gochguliev qaysi klubda o'ynagan? Javob: "Quruvchi" yoki "Bunyodkor" (alibobo "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-Savol: 2003 yil Oliy ligada "Buxoro" to'purari kim bo'lgan? Javob: Ilyos Qurbonov (alibobo "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-Savol: 2008 yil Akmal Shorahmedov qaysi klubda o'ynagan? Javob: "So'g'diyona" (hech kim topa olmadi)

O'yin tugadi. "Qizilqum" – "Buxoro" 0:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia