"Fanat liga". "Atalanta" - "Valensiya" 4:3

Aslanov Jasurbek
1 apr 2020
Yevropa futboli ishqibozlarini ushbu sahifaga taklif etamiz.

"Fanat liga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar. Shartlar: Toshkent vaqti bilan 22:00da jadvaldagi ilk to'qnashuv mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 4ta.

Agar mezbon jamoa muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar mehmon klub ishqibozlari safida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.

Bugun quyidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tadi:

"Atalanta" - "Valensiya"

"Chelsi" - "Bavariya"

"Lion" - "Yuventus" 4:3

"Napoli" - "Barselona" 3:3


Birinchi bahs yakuniga etgach, avtomatik ravishda keyingi to'qnashuvga o'tamiz. Navbatdagi o'yin alohida sahifada o'tkaziladi.
Qo'shimcha ma'lumot: Agar ikki jamoa vakili bir daqiqa ichida (01:00-01:59) to'g'ri javob berishsa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi. Mamlakatimizning hamma hududida ham internet birdek tez ishlamaydi.


"Atalanta" - "Valensiya" 4:3


4. Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Valensiya" - "Atalanta" (javob) uchrashuviga qancha muxlis tashrif buyurgandi?
Javob: 0 .Koronavirus tufayli uchrashuvga tomoshabinlar kiritilmagandi.
To'g'ri javob mualliflari: Akush, Zuxriddin Shadixodjaev.


3. O'tgan mavsum "Atalanta" 77ta gol urdi va sermahsullik bobida barchani ortda qoldirib, birinchi o'rinni egalladi. "Atalanta" birinchi o'rin, lekin bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi pog'onani kim egallagandi?
Javob: 74 ta gol "Napoli"
To'g'ri javob mualliflari: Temurbek Valiev 


2. "Atalanta"ning A Seriyadagi eng yaxshi natijasi?
Javob: 3-o'rin 2018/19-mavsumda
To'g'ri javob mualliflari: MMMReal, Xames.


1. "Atalanta"ning evrokuboklardagi birinchi ispan raqibi nomini ayting.
Javob: "Valensiya" Gasperini shogirdlarining evrokuboklardagi ilk ispan raqibi hisoblanadi.
To'g'ri javob mualliflari: abdurakhimov_a, Jamshid Jalilov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia