Fakt. Oxirgi uchta o'yinda AGMK darvozasiga 4ta penalti belgilandi va jamoa futbolchilariga 3ta qizil kartochka ko'rsatildi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2022, 13:00
Kecha Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda ikkita qizil kartochka olgan AGMK 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Yagona gol Olmaliq jamoasi darvozasiga penaltidan urildi. 

Shunday qilib, AGMKning oxirgi uchta o'yinida hakamlar ushbu jamoa darvozasi tomon 4 marta penalti belgilashdi. Bundan tashqari mana shu uchta o'yinda AGMKning 3 nafar futbolchisi maydondan chetlatildi.  

E'tiborlisi ushbu o'yinlarda AGMK futbolchilari bironta gol ura olishmagan.


24.11.2021
O'zbekiston kubogi
AGMK - "Nasaf" 0:2

38-daqiqada Husayn Norchaev ("Nasaf") penaltidan gol ura olmagan.
120+4-daqiqada Andriya Kaluderovich ("Nasaf") penaltidan gol urgan.

27.11.2021
Superliga
AGMK - "So'g'diyona" 0:1

90+3-daqiqada Javohir Qahramonov ("So'g'diyona") penaltidan gol urgan.
90+11-daqiqada Aleksandr Kasyan (AGMK)qizil kartochka olgan.

04.03.2021
"Metallurg" - AGMK 1:0

20-daqiqada Sardor Rahmonov (AGMK) qizil kartochka olgan.
23-daqiqada Shoxnazar Norbekov ("Metallurg") penaltidan gol urgan.
85-daqiqada Shohruh Gadoev (AGMK) qizil kartochka olgan.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia