Fabricio Romano Depayning "Barselona"ga transferi haqida to'liq ma'lumot berdi

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2021, 02:38
Memfis Depay ushbu yozda "Barselona"ga o'tadi, bunga hech qanday shubha yo'q, deydi Romano.

"Memfis Depay "Barselona"ga o'tishga qaror qildi – shubhasiz. O'yinchining atrofidagi holat mutlaqo ijobiy va hozirda yuristlar kelishuvni hal qilish uchun shartnomani tekshirib chiqishyapti. Bunga ozroq vaqt talab etiladi", – deydi insayder.

Niderlandiyalikning "Lion" bilan shartnomasi 30 iyunda nihoyasiga etadi. Aytilishicha, Ronald Kumanning asosiy transfer nishoni aynan Depay edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano