Fabregas Bundesliga jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025, 13:37
Sesk Fabregas "Komo" jamoasini boshqarishda o'zini yaxshi ko'rsatmoqda – jamoa hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

"Bild" nashrining xabar byerishicha, Fabregas "Leyptsig"ning short-listiga kiritilgan. "Buqalar" ayni paytda Marko Roze bilan xayrlashganidan so'ng jamoaga yangi murabbiy izlamoqda.

Shu bilan birga, "Leyptsig"ning ro'yxatida ko'plab nomzodlar mavjud. Ispaniyalik yosh mutaxassis Fabregasdan tashqari, Olivyer Glasnyer ("Kristal Pelas"), Mattias Yayssle ("Al Ahli"), Rojyer Shmidt ("Benfika" sobiq ustozi) va Danni Rel ("Sheffild Uensdey") nomlari keltirilgan.

Takidlash joiz, "Leyptsig" ayni paytda Gyermaniya chempionati turnir jadvalida 5-pog'onaga joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild