“Ey pokiza”. Xoland Shvetsiya TJ futbolchisi uni haqorat qilganini aytdi

Eldor Akmurzayev
7 iyun 2022, 09:40
Millatlar Ligasi 2-turida Norvegiya TJ Erling Xolandning dubli evaziga safarda Shvetsiyani mag'lub etdi.

Xolandning aytishicha, bahs davomida raqib himoyachisi Aleksander Miloshevich uning asabiga tegishga harakat qilgan.

“Avvaliga u meni “fohisha” deb haqorat qildi. Keyin esa oyog'imni sindirishini aytdi, bir yarim daqiqadan keyin esa men gol urdim. Bu zo'r javob bo'ldi”, deydi Xoland.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi qatorasiga 7 o'yindan beri (11 ta gol) terma jamoa safida gol urib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TV2