Evro-2020 g'olibi 34 mln evro mukofot puli oladi

Tolibjon Qosimov
26 fev 2018, 20:32
2020 yilgi Yevropa chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 371 million evroni tashkil qiladi.

Musobaqa g'olibi esa 34 mln oladi. Bu haqda UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis "TASS"ga xabar berdi.

"Umumiy mukofot jamg'armasi 371 million evroni tashkil etadi. Har bir ishtirokchi minimum 1,25 mln oladi, maksimal summa esa 34 mln evroni tashkil qiladi", - dedi u.



2016 yil Fransiyada o'tgan Yevropa chempionatining mukofot jamg'armasi 301 million evroni tashkil etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС