"Everton" hozircha Beyns bilan yangi shartnoma bo'yicha gaplashmoqchi emas

24 sen 2013, 15:26
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martinesning takidlashicha, ayni vaqtda klubi Leyton Beyns bilan yangi shartnoma bo'yicha hech qanday muzokaralar olib bormayapti. Uning so'zlariga ko'ra tomonlar bu maslaga keyinroq qaytishadi.
"Mavsum boshlanib bo'ldi. Shuning uchun shartnoma borasidagi ishlarga umuman vaqt yo'q. Beynsga keladigan bo'lsak, biz uning yangi shartnomasi borasidagi masalaga keyinroq qaytamiz", deya bosh murabbiy so'zlarilan Sky Sports iqtibos keltirmoqda.

Beynsning amaldagi shartnomasi 2015 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. Ushbu mavsumda himoyachi Angliya chempionati doirasida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi.

Manba: football.kulichki.net