"Everton" Grilishni "Manchester Siti"dan sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026
"Everton"ga ijara asosida o'tish Jek Grilish uchun foydali bo'ldi, u yana gol ura boshladi.

"Irislar" ham undan mamnun va vaqtinchalik shartnomani doimiy transferga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Everton" Grilishning shartnomasini "Manchester Siti"dan sotib olmoqchi, biroq ijara kelishuvidagi 50 mln funtlik bandni faollashtirishni istamayapti - bu summa Mersisayd klubini cho'chitmoqda.

Klub yoki vingerni yana bir mavsumga ijaraga olishni, yoki u uchun 20-25 mln funt to'lashni rejalashtirmoqda. "Manchester Siti" muzokaralarga ochiq, ammo jarayonni faqat mavsum yakunlanganidan keyin boshlashga tayyor.

Grilish 18 yanvar kuni "Aston Villa"ga qarshi o'yinda oyoq panjasini sindirib oldi va shu sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Mole