Eshitdik-da! "Navbahor" APLda o'ynagan futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Administrator
21 dek 2022, 00:24
Namanganliklar tarkibni kuchaytirish harakatidalar.

"Navbahor" klubi yangi mavsum uchun harakatni boshlab yuborishgan. Championat.asia saytining ma'lumotlariga ko'ra, "Navbahor" klubi "Ayaks", "Sheffild Yunayted" sobiq hujumchisi Rishayro Jivkovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Rishayro Jivkovich 1996 yilda tavvallud topgan niderlandiyalik markaziy hujumchi hisoblanadi. Faoliyati davomida "Ayaks", "Utrext", "Sheffild Yunayted", "Chanchun Yatay" kabi klublarda to'p tepgan. 2020 yil "Sheffild" tarkibida APLning bir necha uchrashuvida maydonga tushgan. Hozirgi kungacha Rishayro Jivkovich Niderlandiya chempionatining "Emmen" klubida o'ynab kelayotgan edi. 

Eslatib o'tamiz, yaqindagina "Navbahor"ning o'tgan mavsumdagi asosiy hujumchisi Zoran Marushich klubni tark etishi aniq bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia