Eshitdik-da! "Nasaf" futbolchisi BAA klubi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2024, 11:41
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Azizbek Amonov yana legionerga aylanadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 2023 yilni "Nasaf"da o'ynagan Azizbek Amonov BAAning "Xorfakkan" klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Eslatib o'tamiz, "Xorfakkan" safida o'zbekistonlik himoyachi Abdulla Abdullaev ham to'p tepmoqda. 

Amonov 2023 yil "ajdarlar" safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi faoliyati davomida "Lokomotiv", "Buxoro", "Istiqlol" (Eron) kabi klublarda ham o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia