Eshitdik-da! Islom Ahmedov ham "Metallurg"da ish boshlaydi, bugun jamoani Davletov boshqaradi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2021, 10:26
Bekobodning "Metallurg" klubida o'zgarishlar davom etadi.

Kecha "Metallurg"da Jasur Abduraimov bosh murabbiy bo'lishi haqida xabar bergan edik. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, unga Islom Ahmedov yordam beradi. Ahmedov bungacha "Paxtakor" akademiyasi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Bugungi "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda "Metallurg"ni yordamchi murabbiy Fevzi Davletov boshqaradi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia