Eshitdik-da! Eldor Shomurodov Rostovda qolib ketgan "Bunyodkor-2004" jamoasiga o'z hisobidan yordam berdi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2020, 11:28
16 mart kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turniri start olgan edi. Unda Mirkamol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor-2004" ham ishtirok etayotgandi.

Biroq 17 mart kuni Rossiya sport vazirligi mamlakat hududida har qanday xalqaro musobaqalarni o'tkazishni taqiqladi. Xususan, sport vazirligi qaroriga ko'ra, oldinroq rejalashtirilgan va boshlangan musobaqalar ham to'xtatildi. Jumladan, 16 mart kuni start olgan ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turniri ham shu qarorga ko'ra bekor qilindi.

"Bunyodkor-2004" jamoasi bir necha kun davomida Rossiyada qolib ketdi. Jamoa bir muddat Krasnodarda bo'ldi va Rostovga ko'chib o'tdi. Yosh futbolchilar bir necha kun davomida mehmonxonada istiqomat qilishdi. Eshitishimizga qaraganda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov jamoa a'zolariga Rostovdan Moskvaga borish chiptalarini o'z hisobidan olib bergan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa a'zolari O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan charter reys orqali Moskvadan O'zbekistonga olib kelingan.

Saytimiz tahririyati nomidan bugungi qiyin davrda chet elda bo'lib turgan hamyurtlarimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia