Eshitdik-da! Bugalo, Shorahmedov, Karpenko va Ibrohimov "Navbahor"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2016, 18:16
Namanganning "Navbahor" klubi qishki transfer bozori vaqtida "bomba" xaridlarni amalga oshirishi mumkin.

Eshitishimizga qaraganda Rashid G'ofurov boshchiligidagi jamoaga "Bunyodkor"ning bir yo'la to'rt futbolchisi ko'chib o'tishi mumkin ekan. Darvozabon Pavel Bugalo, himoyachi Akmal Shorahmedov, yarim himoyachilar Javlon Ibrohimov va Viktor Karpenko "Navbahor"ning 2 fevral kuni boshlanadigan yig'iniga qo'shilishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Bunyodkor" himoyachisi Xayrulla Karimov "lochinlar" yig'inida paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia