

Bugungi kunga kelib eronlik futbolchiga Top-5 chempionatlardan ko'plab takliflar bo'lmoqda. Ular orasida "Roma", "Atalanta", "Torino", "Borussiya D" kabi jamoalar ham bor.
Agar Azmun boshqa klubga o'tadigan bo'lsa pityerliklar uning hamyurtini olib keladi. "Championat.asia" sayti manbalarining xabar byerishicha, "Zenit" Portugaliyaning "Santa Klara" klubiga tegishli fors hujumchisi Shaxriyar Moqanluni olib kelmoqchi. Shaxriyar bugungi kunda 6 oylik ichara asosida Eron chempioni "Pyersepolis" tarkibida harakat qilmoqda. "Pyersepolis" uni OCHLda yordam byerishi uchun ijaraga olgandi. Aprel oyida Hindistonda bo'lib o'tgan (OCHL "E" guruhi bahslari markazlashgan holda Goa shahrida bo'lib o'tgan) guruh bellashuvlarida Moqanlu jami 4ta gol urgan va bitta golli pas byergan. Unga "Zenit"dan tashqari yana bir rus klubi ham qiziqish bildirmoqda. Uning transfyer huquqi "Santa Klara"ga tegishli, futbolchi va klub o'rtasida 3 yillik shartnoma bor. Pityerliklar aynan Portugaliya klubiga chiqishgan.

Ma'lumot uchun, 26 yoshli Moqanlu joriy mavsum Eron chempionatida 7ta o'yinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.



