Eshitdik-da! Asror Aliqulov "Qizilqum" bosh murabbiyi

Iskandarov Abdulaziz
23 noya 2022, 22:07
"Qizilqum" keyingi mavsum taraddudini boshlab yuborgan ko'rinadi.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, sobiq futbolchi, "Sho'rtan" bosh murabbiyi Navoiyda ish boshlaydi. Mutaxassis 2023 yilda "Qizilqum" jamoasini boshqaradi. Faqatgina shartnoma bandlari borasida hali aniq xabar yo'q. 

Asror Aliqulov shu kungacha "Mashal" va "Sho'rtan" jamoalarida faoliyat olib borgan. Muborakliklar bilan 2018 yil Pro ligada g'olib chiqib Superligaga yo'llanma olgan. "Qizilqum"ning serbiyalik murabbiyi Nikola Lazarevich jamoadan ketishini ma'lum qilgandi. 


 Nikola Lazarevich: "So'g'diyona" bilan o'yin men uchun "Qizilqum"dagi so'nggisi bo'ladi"

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia