

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoada o'zgarishlar yuz bermoqda. Hali mavsumning birinchi qismi tugamasidanoq, "burgutlar"ning asosiy posboni bo'lgan Nizomiddin Ziyovutdinov jamoani tark etgan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Andijon"ning qoniqarsiz natijalarida bosh aybdor deb 23 yoshli darvozabon topilgan. Shu sababli klub rahbariyati "Lokomotiv" bilan o'yindan oldin Ziyovutdinovga javob bergan.
Undan tashqari U-21 jamoasini boshqarib kelgan murabbiy Sherzod Sharipovga ham ochiq eshiklar ko'rsatildi.
"Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyat esa bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi. Bugungi mag'lubiyat bosh murabbiyning kursisini yanada qimirlatib yubordi.




