Eshitdik-da! "Andijon" albaniyalik hujumchi bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2023, 17:20
"Andijon" klubi 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "burgutlar" transfer oynasining so'nggi kunida albaniyalik hujumchi Rubin Xebay bilan shartnoma tuzadi. 1998 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida "Vlazniya" (Albaniya), "Domjale" (Sloveniya), "Partizani" (Albaniya), "Vorskla" (Ukraina), "Shkendiya" (Makedoniya) va "Teuta" (Albaniya) klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, bugun "Andijon" klubining telegramdagi sahifasida Tirana aeroportidan uchib ketayotgan insonning videosi chiqqan edi. Tirana Albaniya poytaxti hisoblanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia