Errera: “Meksika terma jamoasi o'ziga ishonadi va yangi tarix yozishga tayyor”

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2014, 13:51
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera Gollandiyaga qarshi nimchorak final uchrashuvi haqida fikr bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Meksika terma jamoasi  so'nggi besh mundialda nimchorak finaldan nariga o'ta olmagan.

“Biz nima qilish kerakligini bilamiz.  Jamoamiz o'ziga ishonadi va yangi tarix yozishga tayyor. Biz guruhdan chiqa olishimizni hech kim o'ylamagandi, ammo hozir biz ko'prog'ini xohlaymiz. Van Gal? Men o'zimni u bilan solishtirmoqchi emasman. Bu turnir men uchun – juda yaxshi tajriba. Bunday murabbiy bilan raqobatlashish men uchun katta sharaf” – deydi Errera.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com