Errera: "Barselona" men bilan bog'lanmagan, MYUda baxtliman"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 16:50
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Erreraning mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

"Barselona" men bilan bog'lanmagan, MYUda baxtliman. Bu yerda o'zimni muhim futbolchi sifatida his qilyapman, shu sababli MYUdagi vazifalarimga bor e'tiborni qaratganman.

Morata? Albatta, u jamoadoshim bo'lishini istayman. U MYUga o'tmaganidan afsusdaman, ammo har qanday holatda ham unga omad tilayman" - deydi Errera.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com