Eronlik jurnalist: Eron terma jamoasi CAFA musobaqasida legionerlarsiz ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2025, 13:40
28 avgust kuni CAFA NATIONS CUP 2025 musobaqasi start oladi.

Unda Eron milliy terma jamoasi ham ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Eronlik jurnalist Mehrnews nashri sport jurnalisti Mehdi Mortazavianning championat.asia saytiga ma'lum qilishicha, Amir Galenoi mazkur turnirda legionerlarsiz qatnashadi. Bunga sabab sifatida musobaqaning FIFA kunidan tashqarida o'tkazilishi ko'rsatilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Eron terma jamoasidagi quyidagi futbolchilar legioner hisoblanadi: Mehdi Taremi ("Inter"), Muhammad Mohebi ("Rostov"), Sardor Azmun ("Shabab Al Ahli"), Sayid Izzatullohi ("Shabab Al Ahli"), Muhammad Gorbani ("Al Vahda"), Muhammad Javad Hussayinnajod ("Dinamo", Maxachqala), Saman G'oddos ("Ittihod Kalba"), Shahriyor Mogonlou ("Ittihod Kalba"), Sodiq Muharrami ("Dinamo", Zagreb), Majid Hussayni ("Qayserispor"), Mehdi Gayedi ("Ittihod Kalba"), Alirizo Jahonbaxsh ("Xerenven"), Ali Golizoda ("Lex Poznan"), Said Saharkizan ("Orenburg"), Ollohyor Sayedmanesh ("Vesterlo").

Eslatib o'tamiz, bugun Malayziya terma jamoasi musobaqa FIFA kunlariga tushmayotgani bois unda qatnasha olmasligini ma'lum qilgandi

O'zbekiston milliy terma jamoasining ko'plab legionerlari ham 1-turdan o'rin olgan O'mon bilan o'yinga yetib kela olmasliklari mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia