- Muxlislarimizni ushbu muhim g'alaba bilan tabriklayman, - dedi Erkin Jabborov. - Raqibimiz chempionat jadvalida egallab turgan o'rnidan qatiy nazar katta tajribaga ega jamoalardan edi. Oxirgi uchrashuvlardagi omadsizliklardan so'ng, farg'onaliklarning jamoamizga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatishini kutgandik. O'yin oson bo'lgani yo'q. Maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qilganimizga qaramasdan Farg'onadagi qiyin kechgan o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.
Qolaversa, ushbu g'alabadan so'ng, “Qizilqum” jamoasi “Neftchi” maydonidagi noxush ananaga chek qo'ygani ayniqsa quvonarlidir. Chunki bungacha jamoamiz Farg'onada jami o'n olti marta maydonga tushib, atigi ikki bor durang o'ynashgandi, xolos. Oxirgi turda o'z maydonimizda “So'g'diyona” futbolchilarini qabul qilamiz. Endi o'tgan turni unutib, navbatdagi o'yinga puxta hozirlik ko'rishga e'tibor qaratamiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.