

Uchrashuv oldidan mezbonlar posboni Erkin Jabborov o'z fikrlarini bildirdi.
- Oxirgi turda “Neftchi” Farg'onada chempionat yetakchilaridan biri “Nasaf” bilan jangovor durang o'ynaganidan yaxshi xabardormiz, - deydi Erkin Jabborov. - Biz esa ma'lum sabablarga ko'ra, o'tgan turda dam oldik. Shu bois, navbatdagi o'yin oldidan jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqt etarli bo'ldi, deb bilaman. Tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar yo'qligi, jamoadoshlarimning kayfiyati a'lo ekanligi bizni hujumkor o'yin namoyish qilishga undashi talbiiy, albatta.
Qolaversa, biz birinchi davraning oxirgi uy uchrashuvida maydonga tushamiz. Bugun bu o'yinda bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.



