Erik ten Xag "Lids" bilan o'yindan so'ng: "MYU jangga tayyor emasdi"

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2023, 08:30
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Lids"ga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ochko qo'lga kiritdik deyishim mumkin. Chunki 0:2 dan hisobni tenglashtirish - ajoyib. Boshqa tomondan derbilarni bunday boshlash to'g'ri emas. Jangga tayyor bo'lish lozim. Biz esa tayyor emasdik.

Bu tanaffusda aytgan ilk so'zlarim bo'ldi. Yigitlarga tayyor ekanligimizga ishonishimiz lozimligini aytdim. Ikkinchi bo'limda esa tezkor gol o'tkazib yubordik. 

Bir necha kundan so'ng yana o'ynaymiz. Agar biz o'z futbolimizni ko'rsata olsak, g'alaba qozonishga qodirmiz. Diqqat-e'tiborni saqlab qolish lozim. 

So'nggi 20 daqiqada ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ammo ularni golga aylantira olmadik. Darvoza oldida sovuqqon harakat qilish lozim", - dedi ten Xag. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC